Bundesliga. "Borussiya Dortmund" "Myunxengladbax"ni ishonchli hisobda taslim etdi
Bundesliga 15-turning ilk bellashuvida "Borussiya Dortmund" o‘z maydonida "Borussiya Myunxengladbax"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
To‘qnashuvning ilk goli 10-daqiqada Yulian Brandt tomonidan kiritildi. Ikkinchi golni esa muxlislar o‘yinning so‘nggi daqiqalarida tomosha qilishdi. 90+7-daqiqada Maksimilian Bayer dortmundliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Ma’lumot o‘rnida, "arilar" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 32 taga etkazib oldi. Jamoa peshqadam "Bavariya"dan 6 ochko ortda, 3-o‘rindagi "Leyptsig"dan esa 3 ochko oldinda.
- Germaniya - Bundesliga
- Joriy Mavsum
Borussiya D
- Julian Brandt 10'
- Maximilian Beier 90'
Tugadi
2
:
0
20.12.2025 00:30
Fikrlar