
Bundesliga. "Borussiya"lar g‘alaba qozondi
Hozirgina Germaniya Bundesligasining 7-turidan o‘rin olgan “Borussiya D” – “Augsburg” hamda “Volfsburg” – “Borussiya M” jamolari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Dortmunddagi o‘yinda 2:1 hisobida maydon egalari zafar quchdi. “Borussiya” safida gollarni Rafael Gerreyru (10') va Yulian Brandt (51') kiritdi. “Augsburg”ning javob goliga Endi Zekiri (35') mualliflik qildi.
“Volkswagen Arena”dagi o‘yin esa gollarga boy bo‘ldi. Uchrashuv mehmonlarning 1:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. “Borussiya M” safida Brel Embolo (5'), Yonas Xofman (7') va Jozef Skalli (90+5') gol muallifi bo‘ldi. “Volfsburg”ning yagona javob golini Luka Valdshmidt (25') kiritdi.
Fikrlar