Bundesliga. Erik ten Xagsiz qolgan "Bayer" "Ayntraxt"ni engib, chempionatdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 13.09.2025 02:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Bundesliganing 3-turidan o‘rin olgan bahsda "Bayer" "Ayntraxt" bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Dastlab, to‘qnashuvning 10-daqiqasidayoq ispaniyalik himoyachi Alexandro Grimaldo hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisi o‘tib borayotganda esa Patrik Shik hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Jan Uzun hisobni qisqartirishga erishgan edi. Lekin 90+8-daqiqada chap qanot himoyachisi yana bir bor gol urib, dublni rasmiylashtirdi.

  • Germaniya - Bundesliga
  • Joriy Mavsum
3321.png

Bayer 04

  • Alejandro Grimaldo 10'
  • Alejandro Grimaldo 90'
  • Patrik Schick 45'
Tugadi
3 : 1

12.09.2025 23:30

366.png

Ayntraxt

  • Can Uzun 52'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!