Bundesliga kashfiyoti jamoasini tark etadi

  • 24.06.2024 18:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, Bundesliganing yakunlagan mavsumida "Bayer" 1-o‘rinni, 2-o‘rinni esa "Shtutgart" egalladi. "Qizillar"ning bu o‘rinni olishida gvineliyalik hujumchi Seru Girassini hissasi katta bo‘ldi. Girassi Germaniya chempionatidan Keyndan so‘ng eng yaxshi 2-to‘purar bo‘ldi. 

28 yoshli hujumchi jamoani tark etishga qaror qildi. Hozirda markaziy hujumchini "Arsenal", "Borussiya D", "Atletiko" va "Milan" jamoalari diqqat bilan kuzatishmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Girassi yakunlangan mavsumda 30 o‘yinda maydonga tushib, 30 gol kiritdi va 3 golga hammualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!