
Bundesliga klubi futbolchilarining maoshlari qisqartilishi tashabbusi xayriya fondi ochilishiga sabab bo‘ldi
Avstriya Bundesliga vakili "Red Bull Zaltsburg" futbolchilarining maoshlari karantin muddati davomida qisqartiriladigan bo‘ldi.
E’tiborli jihati, maosh qisqartirilish tashabbusi futbolchilar tomonidan taklif qilindi. Klub moliyaviy ishlar bo‘yicha direktori Shtefan Royter esa ularga ushbu qarorlari uchun minnatdorchilik bildirib, ularga eng yaxshi takliflar bildirilishini ta’kidlab o‘tgan.
Shuningdek, "RB Zaltsburg" ushbu maosh qisqartirilishi ortidan yordamga muhtojlar uchun fond tashkil qiladi. Klub rasmiy saytiga ko‘ra, ushbu fond oyiga oltita sondan iborat bo‘lgan summa jamg‘arishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar