Bundesliga klubini ayol murabbiy boshqaradigan bo‘ldi

  • 12.04.2026 12:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

34 yoshli Mari-Luize Eta Berlinning "Union" klubi bosh murabbiyi boʻldi. Mutaxassis 2025/2026-yilgi mavsum oxirigacha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida Bundesliga klubi matbuot xizmati jamoaning rasmiy saytida eʼlon qildi.

Eta oʻz lavozimida joriy yilning yanvar oyidan beri jamoani boshqargan 54 yoshli Shteffen Baumgart oʻrnini egalladi. Ilgari Mari-Luize Eta "Union" U19 yoshlar jamoasida ishlagan.

Germaniya chempionati turnir jadvalidа "Union" 11-oʻrinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 29 oʻyinda 32 ochko bor. Mavsum yakuniga qadar berlinliklar beshta uchrashuv oʻtkazishi kerak. Keyingi uchrashuv 18 aprel, shanba kuni boʻlib oʻtadi. "Union" oʻz maydonida "Volfsburg"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!