Bundesligada ham iste’fo yuz berdi

  • 21 yanvar, 2018, 18:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning “Gamburg” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Markus Gizdolni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, 48 yoshli germaniyalik mutaxassis “Gamburg”ni 2016 yilning sentyabridan buyon boshqarib kelayotgan edi. Ushbu davr mobaynida Gizdol qo‘l ostida jami 48ta uchrashuvda ishtirok etib, 14ta g‘alaba, 10ta durang va 24ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Ma’lumot uchun, “Gamburg” ayni damda 15 ochko bilan musobaqa jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!