Bundesligada yana bir rekord

  • 23.11.2025 00:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Maynts"safida to‘p tepayotgan germaniyalik yarim himoyachi Dominik Kor mamlakat chempionatida o‘ziga xos natija qayd etdi.

"Opta" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Kor Bundesliganing 11-turidan o‘rin olgan "Xoffenhaym"ga qarshi kechgan uchrashuvning 88-daqiqasida maydondan chetlatildi. Ushbu qizil kartochka futbolchining Germaniya chempionatidagi 9-si bo‘ldi. Shu tariqa, u Bundesligada 9 marta maydondan chetlatilgan ilk futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi. Avvalgi rekordchilar Luis Gustavo va Yens Novotny edi. Ular hisobida 8 tadan qizil kartochka mavjud. 

Ma’lumot uchun, "Maynts" "Xoffenhaym" uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!