
Bundesliganing may oyidagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi (FOTO)
Leverkuzenning “Bayer” klubi yarim himoyachisi Kay Xavertts Bundesliganing may oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda chempionat rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, 21 yoshli futbolchi bu mavsum Bundesligada jami 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
“Bayer” esa 31 ta turdan so‘ng chempionat musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar