Buni Messi deydilar! U o‘tgan mavsumda ham tarixiy rekord sohibiga aylangan

  • 24 iyun, 2022, 13:52
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ander Errera Lionel Messining PSJdagi ilk mavsumi haqida gapirdi.

"Undan har mavsum 50 ta gol urishni istashadi. Agar unday bo‘lmasa, odamlar gapirishni boshlashadi. 

Bundan tashqari, Leo Frantsiya chempionatining tarixiy rekordini o‘rnatganini ham unutmaylik. U 10 bora darvoza ustunini nishonga olgan. Bu vaziyatlarning barchasi gol bo‘lganda, Messi uchun yaxshi mavsum bo‘lardi. 

Mening fikrimcha, u barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. Bu muhokama qilinmaydi. Men uning kamtarligi va har qanday holatda ham tabassum qilishidan hayratlanaman. 

Kilian Messi bilan birga to‘p tepib, ko‘p narsaga ega bo‘ladi. Leo kerakli joyga to‘pni etkazib beradi, Mbappe esa o‘z tezligi orqali darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqib boradi. Bunday paytlarda u "yirtqich" hisoblanadi", - dedi PSJ futbolchisi.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Muhammad Ali 07
24/06/2022 17:28
Yahshiyam Ronaldu bilan ōynamagan ogzidan bol tomadiya