Buni o‘qishingiz shart! Futbol qoidalarida o‘zgarishlar bo‘ldi
Xalqaro futbol assotsiatsiyalar kengashi (IFAB) ayrim qoidalarga o‘zgartirish kiritdi.
Jumladan, endi elka bilan o‘ynash qoida buzilishi deb hisoblanmaydi.

Bundan tashqari, hujumda harakat qiladigan futbolchilarning qo‘l bilan tasodifiy o‘ynashi natijasida gol kiritilsa yoki golli vaziyatni paydo qilsa, o‘yin darhol to‘xtatiladi va u qoida buzilishi deb baholanadi.
Eng muhim qaror bu videoassistent referi (VAR) tizimi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, VAR o‘yin qoidasi buzilishi bo‘yicha bosh hakamga maslahat beradi, biroq, yakuniy qarorni endi hakamlar emas, VAR qabul qiladi.
Shuningdek, bundan buyon himoyalanayotgan jamoa futbolchisi qo‘l bilan o‘ynasa va natijada to‘p raqibning o‘yindan tashqari holatda turgan futbolchisiga tushsa, u holda ofsayd qayd etilmaydi va o‘yin davom ettiriladi.
Fikrlar