"Bunyodkor" bosh direktori: Hamdamovni agentlar yo‘ldan urdi

  • 1 mart, 2018, 15:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni daqiqalarda Toshkentning "Bunyodkor" klubi jamoa safiga yangi kelgan futbolchilarning taqdimot marosimini o‘tkazmoqda. Marosim avvalida, so‘zga klub bosh direktori Murod Aliev so‘zga chiqdi.

Tecno

Xabaringiz bor, "Bunyodkor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov Rossiyaning "Anji" klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Klub direktori bu haqda ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

"Rossiyaning "Anji" klubidan bizga xat keldi. Oldin"Bunyodkor" bilan 300 ming evrolik shartnoma qilgan ekan. Shuning uchun u hozir Rossiyada.

Biz ham "Anji"ga javob xati yozdik. Chunki, 300 ming evro emas boshqa shartlarni ham ko‘rsatib, ko‘proq pul berishlari kerakligini aytdik. Boisi, o‘sha pullar orqali biz moliyaviy tomondan biroz yaxshilanib olishimiz mumkin. Lekin hozircha javob kelmadi. O‘ylaymanki Doston Hamdamov noto‘gri ish qildi. Uni agentlar yo‘ldan urdi.

Biz Dostonbek Hamdamovdan ham yaxshisini tarbiyalaymiz", - deb aytib o‘tdi Aliev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!