
"Bunyodkor" futbolchisi terma jamoadan chaqiruv oldi
Xabaringiz bor, Srechko Katanets murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Toshkentda va Iordaniyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazadi.
"Yig‘in doirasida Malayziya va Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. Ahamiyatlisi, mazkur yig‘inga “Bunyodkor” futbolchisi ham boradi. Srechko Katanets jamoamizning iqtidorli, universal futbolchisi Abdulla Abdullaevni ham taklif etdi.
O‘ylaymizki, Abdulla murabbiylar shtabini ishonchini oqlab, milliy terma jamoamizning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanadi va g‘alabalarga hissa qo‘shadi", - deya xabar tarqatdi "Bunyodkor" matbuot xizmati.
Fikrlar