
"Bunyodkor" ikki gruziyalik legionerni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin!
"Bunyodkor" jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirmoqda. Yaqinda Odil Hamrobekov bilanni o‘z safiga qo‘shib olgan poytaxt klubi o‘z safiga ikki legioner futbolchini qo‘shib olish arafasida.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, "qaldirg‘ochlar" Gruziyaning "Dinamo" klubi himoyachisi Nikolaz Mali va gruziyalik hujumchi Imeda Ashortiyani o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Tomonlar kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun, Ilyos Zeytullaev boshchiligidagi "Bunyodkor" o‘tgan mavsum Superligani 10-o‘rinda yakunlagan edi.
Fikrlar