"Bunyodkor" legioneri bilan xayrlashdi

  • 10.07.2023 16:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Bunyodkor" klubi belaruslik hujumchi Viktor Sotnikov bilan xayrlashdi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tomonlar o‘zaro kelishgan holda o‘rtadagi bitimni bekor qilgan. 21 yoshli forvard joriy mavsum avvalida toshkentliklar safiga kelib qo‘shilgandi. Bu vaqt oralig‘ida u "qaldirg‘ochlar" libosida 11 uchrashuvda maydonga tushdi va umumiy hisobda 563 daqiqa o‘tkazdi.

Avvalroq, Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan Aleksand Krestenin "Bunyodkor"da ish boshlagani haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!