"Bunyodkor" Minskda 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi

  • 14 iyul, 2022, 15:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Bunyodkor” kecha Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi.

Tecno

“Qaldirg‘ochlar” 26 iyulga qadar davom etadigan yig‘in doirasida 4 ta sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

16, 20, 23 va 24 iyul sanalariga belgilangan o‘yinlarda “Bunyodkor”ga Belarusning nomdor klublari raqiblik qiladi.

Xususan, “Energetik BGU”, “Isloch”, “Minsk” va “Arsenal”. Barcha raqiblarimiz Belarus chempionatining oliy ligasi ishtirokchisi hisoblanadi.

Nazorat uchrashuvlari

16 iyul “Energetik BGU”

20 iyul “Arsenal”

23 iyul “Isloch”

24 iyul “Minsk”

“Bunyodkor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!