
"Bunyodkor" stadioni ayni damda qay holatda? (foto)
Joriy yilning iyul oyida “O‘zbekneftegaz” aktsiyadorlik jamiyati rahbariyati tashabbusiga ko‘ra, 2023 yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan U-20 Osiyo Kubogi o‘yinlari, "Bunyodkor" futbol klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tqazish maqsadida "Bunyodkor" stadioni markaziy maydonida ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.
Qisqa vaqt ichida stadion maydoni to‘laligicha qaytadan barpo etildi. Maydon injener kommunikatsiyalari yangilandi va maydon sathi 1 metrga ko‘tarildi. Yangi mahalliy iqlimimizga mos keluvchi chim yotqizildi. Hozirgi kunda maydon atrofi va zaxira futbolchilari uchun joylar yangicha zamonaviy uslubda tayyorlanmoqda.
Fikrlar