
"Bunyodkor"da yana yangi legioner
Yangilanayotgan “Bunyodkor” klubi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti.
Bungacha bir qator legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolangandi. “Qaldirg‘ochlar” yana bir xorijlik o‘yinchi bilan kelishuvga erishdi.
Bosniya va Gertsogovina chempionati vakili – “Saraevo” a’zosi Samir Jelkovich yangi mavsumni “Bunyodkor” jamoasida boshlaydi. Bu haqida Bosniya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. Futbolchi “Bunyodkor”da bir yil ijarada to‘p suradi. Ammo hozircha bu borada "Bunyodkor" rasmiy xabar bergani yo‘q.
Fikrlar