"Bunyodkor"ga 3 ta gol urgan "Qizilqum" chorak finalga yo‘l oldi

  • 07.12.2020 17:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston kubogi bahslariga start berildi. Bugun 1/8 final uchrashuvlari doirasida "Qizilqum" va "Bunyodkor" klublari keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. Bellashuv maydon egalarining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hisobni birinchi bo‘lim so‘ngida Mirjamol Qosimov ochdi. Uning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasini darvozabon qaytara olmadi. Ikkinchi taymda Jasur Azimov qarshi hujumda raqibni jazoladi. Birga-bir vaziyatga chiqib borgan futbolchi darvozabonning ojiz nuqtasini topa oldi.

O‘tkazib yuborilgan ikki goldan so‘ng, "Bunyodkor" safida darvozabon almashdi. Biroq 70-daqiqada Oleg Tolmasov ham uzoq masofadan zarab yo‘llab, yaqindagina maydonga tushgan posbonni ojiz qoldirdi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Bu gollarga "qaldirg‘ochlar" Mirjahon Mirahmadovning birgina goli bilan javob bera oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!