"Bunyodkor"ning yana bir futbolchisi AGMKga o‘tdi

  • 04.01.2020 13:41
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

AGMK yangi mavsum doirasidagi ilk transferga qo‘l urdi. Klub mahoratli futbolchi, yarim himoyachi, qanot vingeri — Sanjar Tursunov bilan kelishuvga erishdi va yangi mavsumda jamoa sharafini himoya qilish uchun shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Sanjar Tursunov O‘zbekiston MTJdagi faoliyati orqali ko‘plab muxlislarda iliq taassurot qoldirgan futbolchi. U faoliyati davomida Rossiya premer ligasi, Ukraina premer ligasi, Qatar yulduzlar ligasi hamda Janubiy Koreya chempionatlarida to‘p tepgan.

3421571421711

O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini «Bunyodkor»da o‘tkazgan futbolchi erkin agent sifatida olmaliqliklar bilan shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!