Butunjahon armiya o‘yinlari. Hozircha, Xitoy etakchi. O‘zbekistonda nechta medal bor va nechanchi o‘rinda bormoqda?

CHERY AUTO

Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o‘yinlari davom ettirilmoqda.

Tecno

23 oktyabr kunidan keyingi holatga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Xitoy mamlakati yaqqol favoritlik bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ushbu mamlakat hisobida 73 ta oltin, 36 ta kumush va 20 ta bronza medallari bor. Umumiy ko‘rinishda 129 ta medal.

Rossiya mamlakati esa 36 ta oltin, 38 ta kumush va 35 ta bronza bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan. Ruslar umumiy hisobda 109 ta medalga ega.

Uchunchu o‘rinni esa braziliyaliklar 14 ta oltin, 15 ta kumush va 26 ta bronza bilan egallab turishibdi. Janubiy Amerika qit’asi vakillari hisobida 55 ta medal bor.

O‘zbekiston esa 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza bilan musobaqaning 10-o‘rnini egallab turibdi.

Hamyurtlarimizdan bir pog‘ona yuqorida Italiya mamlakati 3 ta oltin, 8 ta kumush va 10 ta bronza bilan joy olishgan.

Ma’lumot uchun, hozircha musobaqa davomida umumiy 46 ta mamlakat vakillari medallarni qo‘lga kiritishni uddasidan chiqishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!