
Butunjahon boks tashkloti (WBO) rossiyalik bokschilarga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi
Butunjahon boks tashkloti (WBO) rossiyalik bokschilarga qo‘yilgan taqiqni rasman olib tashladi. Rossiya Federatsiyasi bokschilari tashkilot reytingiga qaytadi. Ular bu imkoniyatdan 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida mahrum etilgandi. Bu borada TASS axborot agentligi WBO matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.
Avvalroq, Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) ham rossiyalik bokschilardan sanktsiyani olib tashlagandi.
Fikrlar