Butunjahon Universiadasi. Vakillarimiz kunni 3 ta medal bilan yakunladi

  • 1 avgust, 2023, 18:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning Chendu shahrida o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining yana bir kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun nihoyasiga etdi. Unda hamyurtlarimiz uchta kumush medaliga ega chiqishdi.

Ularning ikkitasi taekvondo WT dasturiga to‘g‘ri keladi. -58 kg vazn toifasida Amirxon To‘raev hamda -80 kgda Shuhrat Salaev finalgacha etib kelib, hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Shuningdek, dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy dasturning finalida yaponiyalik sportchilarga imkoniyatni boy bergan hamyurtlarimiz ham shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Bugungi bellashuvlardan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar 6 ta kumush va 1 ta bronzani tashkil etmoqda.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!