
"Buxoro" 2 ta gol ursa ham baribir mag‘lub bo‘ldi
Pro liga favoritlaridan biri sifatila tilga olinayotgan “Buxoro” klubi tayyorgarligini davom ettiryapti. Ayniqsa, bosh murabbiy Hakim Fuazylov nazorat o‘yinlari orqali futbolchilarni sinovdan o‘tkazyapti.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Bugun Buxoro viloyatining ikki jamoasi – “Buxoro” bilan “G‘ijduvon” o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkillashtirildi. Bu derbi gollarga boy kechdi va unda “G‘ijduvon” 3:2 hisobi bilan g‘alabaga erishdi.
“Buxoro”: Nikola Stoshich, Rizvan Abdilatarov, Jasur Hasanov, Mirjalol Jumaev, Dmitro Sidorenko, Oleg Marchuk, Sobit Sindarov, Rustam Abduhamidov, Fayzulla Jumanqo‘ziev, Suhrob Ne’matov, Firdavs Asadov.
Zaxirada: Shoxjahon Nasimov, Sardor Qobuljonov, Bobur Omonov, Sardor Izzatov, Bekzod Saidov, Sardor Eminov, Jamoliddin Ubaydullaev.
“G‘ijduvon”: Musirmon Xolmirzaev, Shavkat Rahmatov, Ulug‘bek Xudoyberdiev, Asilbek Mansurov, Akrom Bahromov, Islom Shodmonov, Sardor Sulaymonov, Jamshid Hasanov, Nodir Ibragimov, Islom Boysariev, Song Long Ji.
“Buxoro”dan Oleg Marchuk bilan Sardor Eminov raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “G‘ijduvon”dan Jamshid Hasanov, Song Long Ji va Sanjar Baratov o‘z gollari bilan g‘alabaga hissa qo‘shishdi.
Fikrlar