"Buxoro" avgustdan boshlab uy o‘yinlarini Qarshida qabul qiladi

  • 18.07.2025 10:30
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Buxoro" uy uchrashuvlarini "Nasaf"ning "Markaziy" stadionida o‘tkazadi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

"Buxoro" klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan stadion hozirga qadar Liga tomonidan Superliga bellashuvlari uchun ro‘yxatdan o‘tkazilmadi. 

"Superliga va Proliga reglamenti"ga ko‘ra, klub rasmiy uchrashuv startiga 20 kun qolguniga qadar stadion masalasini to‘liq hal qilishi lozim. Shundan kelib chiqib, Buxoro shahridagi stadion tayyor bo‘lguniga qadar "Buxoro" klubi o‘z uy uchrashuvlarini Qarshi shahrida o‘tkazish bo‘yicha "Nasaf" bilan kelishuvga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!