
"Buxoro" ikkinchi davra oldidan yangi futbolchilarini tanishtirdi
Coca-Cola Superliganing 2-davrasida munosib ishtirok etishni maqsad qilgan “Buxoro” yangi kelib qo‘shilgan futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi.
Klub murabbiylari, muxlis va mutaxassislar, viloyat ma’sullari ishtirok etgan mazkur tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Mirali Xamraev so‘zga chiqib o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘ylaymanki, mavsum oralig‘ida klubga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar tezda jamoaga moslashib, klub rahbariyati va muxlislar ishonchini oqlashadi. Bu uchun ular bor kuch, mahorat hamda imkoniyatlarini ishga solishadi. 34 yillik shonli tarixga ega bo‘lgan, vaqtida oliy ligada sovrinli o‘rinlar uchun kurashgan jamoaning tarixini tiklashimiz zarur”.
Shundan so‘ng davralar oralig‘ida kelib qo‘shilgan futbolchilarga klub liboslari topshirildi:
2. Izzatillo Po‘latov
7. Muhammadjon Rahimov
8. Asliddin Tursunpo‘latov
9. Jasur Xolto‘raev
11. Shoxruz Norxonov
15. Diyor Ortiqboev
22. Mahmud Jo‘raboev
27. Shoxjahon Xayrulloev
50. Luka Kukich
77. Asilbek Qayumov
94. Frane Ikich
Eslatib o‘tamiz “Buxoro” navbatdagi uchrashuvni 27 iyul 20:00 da “Turon” jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuvga barcha futbolsevar muxlislarni stadionga taklif etamiz.
“Buxoro” matbuot xizmati.
Fikrlar