"Buxoro" klubi 593 million so‘mlik qarzdorlikni hal qildi

  • 15 aprel, 2022, 09:46
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Buxoro" klubi jamoaning sobiq darvozabonlar murabbiyi bilan oldi-berdini hal qildi. Bu haqda PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida xabar berdi.

- 11 aprel kungi kelishuv o‘laroq "Buxoro" tojikistonlik darvozabonlar murabbiyi Alisher To‘ychiev bilan nihoyat kelishuv imzoladi. Unga ko‘ra, To‘ychiev FIFA orqali kelib tushgan da’voda talab qilingan summaning to‘rtdan uch qismidan voz kechdi. Bizningcha, bu juda yaxshi omil.

Dahshat! Usmon Toshevning "Buxoro" klubidagi oylik maoshi 85 million so‘m bo‘lgan

5dd901f136c22bf4cf8c7_1

Chapdan: Alisher Tuychiev, Usmon Toshev va Daler Kayosov

"Buxoro" avvalroq tojikistonliklardan Daler Kayosov va Tohir Mallado‘stov masalasini hal qilgan, ular ham kelishuv asosida tinchlik bitimiga rozi bo‘lgandi.

Ayni vaqtda "Buxoro" rahbariyati juma oqshomiga qadar To‘ychiev masalasini to‘liq yopish harakatida. Biz vaziyatni to‘g‘ri tushungani uchun To‘ychievga minnatdorchilik bildiramiz, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Avvalroq klub matbuot xizmati ancha shov-shuvli ma’lumotlar berib, unga ko‘ra murabbiy "Buxoro"dan FIFA orqali jami 593 million so‘m pul talab qilayotgani haqida yozgandi. Bu summa ichida 2025 yil yakuniga qadar oylik maoshlar hisoblangan.

"Buxoro"ning sobiq murabbiylari bilan bo‘layotgan mojaro, futbolchilarning ketib qolishi va 593 mln so‘mlik maoshlar bo‘yicha klub Usmon Toshevni ayblamoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!