"Buxoro" o‘rtoqlik bahsida yutqazdi
Toshkentda navbatdagi tayyorgarlik bosqichini o‘tkazayotgan “Buxoro” jamoasi bugun nazorat uchrashuvini tashkil etdi.
Davron Fayziev deyarli tarkibni aniqlashtirib oldi. Endi jamoa o‘yini yaxshilashga e’tibor qaratgan. Shu maqsadda bugun buxoroliklar “Xorazm” jamoasiga qarshi maydonga tushdilar. 11-daqiqada “Xorazm” futbolchisi Jasur Otajonovning kiritgan yagona goli evaziga “Buxoro” mag‘lub etildi.
“Buxoro”: Raxat Japparov, Marko Milich, Hakimxon A’lamxonov, Shoxruh Xolmatov, San’at Shixov, Alisher Sanoev, Bobur Qosimov, Rustam Abduhamidov, Fayzulla Jumanqo‘ziev, Suhrob Ne’matov, Amirjon Safarov.
Zaxiradagi futbolchilar: Shoxjahon Nasimov, Jasur O‘runov, Shavkat Salomov, Anvar Jo‘raev, Azamat Isroilov, Mirjalol Jumaev, Sardor Izzatov, Nurjahon Muzaffarov, Abdujamol Isroilov, Bori Maxaradze.
Fikrlar