
"Buxoro" Turkiyada Ukraina jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Turkiyaning Antaliya shahrida shug‘ullanayotgan “Buxoro” klubi bugun Ukraina klubi “Metallist”ga qarshi maydonga tushdi. Unda hamyurtlarimiz 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bellashuvdagi yagona gol Rotislav Rusin hisobiga qayd etildi. U 42-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Bundan oldingi o‘yinda "Buxoro" Rossiyaning "Akron" jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Fikrlar