
"Buxoro" ustozi o‘yin haqida nimalar dedi?
“Buxoro” hamda “Nasaf” o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar ustozi Jamshid Saidov o‘yin haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Birinchi navbatda, yigitlarga katta rahmat aytmoqchiman. Albatta, “Nasaf”dek jamoa bilan o‘ynash har doim juda og‘ir bo‘ladi. Futbolchilarimiz ushbu uchrashuvda yaxshi harakat qildi, o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni yaxshi bajardi. Turnir jadvalida oxirgi o‘rinda boryapmiz. Shu sababli, har bir o‘yinda xuddi oxirgi bahsda maydonga tushayotgandek harakat qilyapmiz, futbolarimiz ko‘p ter to‘kyapti. Yana bir bor rahmat.
Bugun maydonga ikkita debyutant yosh o‘yinchilarni tushirdim. G‘iyosov va Muzaffarov 2001 hamda 2002 yillarda tavallud topgan. Ular bosh jamoamizda birinchi bor to‘p surdi. Yoshlarga imkoniyat berishda davom etamiz va keyingi uchrashuvlarda ham ochkolarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz, - dedi Saidov.
Fikrlar