Buxoroda MMA jangchilari ishtirokidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda
O‘zbekiston MMA olamining etakchi vakillaridan biri, "Amir Temur" klubi asoschisi Muzaffar Rajabov Buxoroda katta loyihani amalga oshirayotgan edi. Ya’ni, Tailandning Pxuket shahrida faoliyat yurituvchi yakkakurash turlariga ixtisoslashgan, butun jahonga mashhur UFC, “Bellator”, “Glory” hamda muaytayning professional yo‘nalishidagi promoushenlarda jang qiluvchi sportchilarni tayyorlab boradigan, “Tiger Muaytai” klubiga o‘xshash katta majmuani bunyod qildi.
O‘xshashlik tarafi shundaki, bu erda ham endi o‘zbekistonlik, Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari jangchilari hamkorligidagi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inlari o‘tkaziladi. Garchi, ushbu zal qurilishi to‘la-to‘kis yakunlanmagan bo‘lsa-da, ilk o‘quv–mashg‘ulot yig‘inlari start oldi. Dastlabkisida yurtimizning ko‘zga ko‘ringan va turli hududlaridan tashrif buyurgan MMA jangchilari Muzaffar Rajabov boshchiligida o‘z mahoratlariga sayqal bermoqdalar.
Fikrlar