"Buxoro"dagi stadion buzilmaydigan bo‘ldi

Avvalroq, saytimiz orqali Buxoro shahrida joylashgan "Buxoro" sport majmuasi buzilishi va uning o‘rnida turistik markaz qurilishi mumkinligi haqida xabar bergandik. 

Huquqshunos Ruslanbek Davletovning o‘z kanalida yozishicha, prezident Shavkat Mirziyoev jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘lgan Buxoro shahrida qurilishi rejalashtirilgan turistik markaz qurishni to‘xtatishga topshiriq bergan. Ushbu markaz shaharning boshqa qismida qurilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu stadion qaytadan ta’mirdan chiqarilgan. O‘yingoh "Nasaf" va "Navbahor" jamoalari o‘rtasida kechgan O‘zbekiston Kubogi finaliga mezbonlik qilgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!