"Buxoro"ning bosh murabbiyi hozir qaerda?

  • 01.05.2020 23:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Koronavirus pandemiyasi tufayli futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati ham to‘xtatilganidan keyin klublar o‘z-o‘zidan tanaffusga chiqishgandi. Bunday vaziyatda esa murabbiy va futbolchilar uyda qolgan holda individual tarzda mashg‘ulotlarni bajarishmoqda.

Lekin bunday vaziyatda xorijga ketgan mutaxassislar ham bor. Masalan, “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze ayni paytda Turkiyada ekanligini aytish mumkin.

Shuningdek, mavsumni ketma-ket uchta yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan boshlagan “Buxoro” klubining bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev ham karantinni boshqa erda o‘tkazayotganini aytish mumkin. Aniqrog‘i, Muhsin Muslimovich hozirda Rossiya poytaxti Moskvada bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, “Buxoro” klubidagi legionerlar ham karantinni o‘z mamlakatlarida o‘tkazishayotgani ma’lum bo‘ldi.

Oldin xabar berganimizdek, “Buxoro” klubi rahbariyati omadsiz startdan keyin ham Muhammadievga yana imkoniyat berishdi. Aytish lozimki, karantin tugab chempionat bahslariga yana ruxsat berilganidan so‘ng 4-tur doirasida “Buxoro” hamda “Andijon” o‘rtasida o‘tadigan bellashuvda qayd etiladigan natija katta ehtimol bilan mezbonlar ustozining keyingi taqdiriga ta’sir ko‘rsatadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!