
Buyuk qaytish! Laporta Messi haqida gapirdi
Joan Laporta Lionel Messining "Barselona"ga qaytishini orzu qiladi.
"Men "Barselona" prezidenti sifatida undan ma’naviy qarzdorman. Unga faoliyatidagi eng yaxshi damlarni berishni istayman. Faoliyati tugamasidan yana ham yoqimli daqiqalarni unga ulashish niyatim bor", - dedi "ko‘k-anorranglilar" prezidenti.
Qayd etish lozim, Leo o‘tgan yozda shartnomasi yakunlangani uchun Kataloniya klubini tark etgandi. Jamoa moliyaviy muammolar tufayli u bilan yangi shartnoma imzolay olmagan.
Fikrlar