"Byornli" futbolchisi avtogol urish bo‘yicha APL rekordini takrorladi

  • 4 may, 2019, 13:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Byornli" klubi himoyachisi Ben Mi kecha APLning 37-turi doirasida "Everton"ga (0:2) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

Tecno

E’tiborlisi, bu 29 yoshli ingliz futbolchisi uchun joriy mavsum premer-ligadagi 4-avtogol bo‘ldi. Bu esa musobaqa rekordi hisoblanadi.

Bungacha Martin Shkrtel ("Liverpul", 2013/14) va Lyuis Danklar ("Brayton", 2017/18) ham bir mavsumda 4 martadan avtogol urib, rekord o‘rnatishgan edi.

Agar Mi 12 may kuni “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan APLning so‘nggi tur uchrashuvida ham o‘z darvozasiga gol ursa, bu borada mutlaq rekordchiga aylanib olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!