
“CAFA Futsal Cup 2023”. Eron chempion, O‘zbekiston bronza bilan cheklandi, Nishonov turnir to‘purariga aylandi
Tojikistonning Dushanbe shahri mezbonlik qilgan futzal bo‘yicha “CAFA Futsal Cup 2023” turniri nihoyasiga etdi.
Musobaqa davomida jamoalar 5tadan o‘yin o‘tkazdi, ular orasida eng yaxshi natijani Eron qayd etdi - 12 ochko. Keyingi pog‘onani afg‘onistonlik futzalchilar 10 ochko bilan band etdi. Vakillarimiz 9 ochko bilan bronza medallariga ega chiqdi.
E’tiborlisi, jamoamiz etakchilaridan biri Husniddin Nishonov 5ta gol bilan “CAFA Futsal Cup 2023” to‘purariga aylandi.
Quyida yakuniy turnir jadvali bilan tanishish imkoniga egasiz.
Fikrlar