
“CAFA Futsal Cup 2023”. O‘zbekiston terma jamoasi javobsiz 4 ta gol evaziga g‘alaba qozondi!
“CAFA Futsal Cup 2023" musobaqasi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi maydonga chiqdi. Qiziqarli kechgan bahsda vakillarimiz yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
O‘zbekiston 4:0 Qirg‘iz Respublikasi.
Gollar: Husniddin Nishonov 10', Abdulla Solihov 29', Sunnatilla Jo‘raev 34', Ilhom Hamroev 40'.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘yin oldidan hamyurtlarimiz Eronga yirik 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Fikrlar