"CAFA Nations Cup 2025": Turnir qachon boshlanishi va qaysi terma jamoalar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

  • 28 iyun, 12:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

CAFA matbuot xizmati joriy yilda o‘tkaziladigan "CAFA Nations Cup-2025" musobaqasida qatnashadigan terma jamoalar ro‘yxatini rasman e’lon qildi.

Tecno

Xabarga ko‘ra, "CAFA Nations Cup 2025" turniri 29-avgustdan 8-sentyabrgacha davom etadi. Bu yilgi musobaqaga ham  O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Turnirda ishtirok etuvchi jamoalar soni ikkitaga ko‘paydi — ilk bor Malayziya va Ummon terma jamoalari mehmon sifatida qatnashadi.

Guruh bosqichi o‘yinlari Tojikiston va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Final bahsi esa yurtimizda tashkil etiladi. Quyida chempionatda ishtirok etuvchi barcha jamoalar ro‘yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘zbekiston
Eron
Tojikiston
Turkmaniston
Afg‘oniston
Qirg‘iziston
Ummon
Malayziya

Ma’lumot uchun, qur’a tashlash marosimi 3-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!