"CAFA Nation's Cup". O‘zbekiston MTJ keyingi bosqich masalasini muddatidan oldin hal qildi!

  • 14 iyun, 2023, 22:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan Turkmaniston  - O‘zbekiston o‘yini yakuniga etdi. Unda vakillarimiz ishonchli 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

52-daqiqada Hojimat Erkinovning uzatmasidan so‘ng Eldor Shomurodov aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Ikkinchi gol ham yana o‘sha Eldor nomiga qayd etildi. Mahoratli hujumchimiz 86-daqiqada o‘z nomini ikkinchi bor tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, vakillarimiz guruhdagi ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi. Eng yaqin ta’qibchimiz Tojikistonda 2 ochko mavjud bo‘lib, so‘nggi turda ularga yutqazgan taqdirda ham biz 1-o‘rindan pastga tushmaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!