"CAFA Nation's Cup". Shomurodovning ikki goli evaziga O‘zbekiston Turkmanistondan ustun keldi

  • 14 iyun, 2023, 22:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan Turkmaniston  - O‘zbekiston o‘yini yakuniga etdi. Unda vakillarimiz ishonchli 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

52-daqiqada Hojimat Erkinovning uzatmasidan so‘ng Eldor Shomurodov aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Ikkinchi gol ham yana o‘sha Eldor nomiga qayd etildi. Mahoratli hujumchimiz 86-daqiqada o‘z nomini ikkinchi bor tabloga yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, guruhning so‘nggi bahsida O‘zbekiston Tojikiston bilan kuch sinashadi. Bellashuv 17 iyun kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!