Asosiy mazmunga oʻtish

“CAFA U-17 Championship 2025". Superkambek amalga oshirgan o‘smirlarimiz Eronni mag‘lub etdi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Terma jamoamiz finalga yo‘l oldi

“CAFA U-17 Championship 2025” guruh bosqichining so‘nggi turi doirasida O‘zbekistonlik o‘smirlar Eronlik tengdoshlariga qarshi bahs olib bordi. "A" guruhidan o‘rin olgan mazkur bellashuvda hamyurtlarimiz superkambek amalga oshirgan holda 4:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Dastlab, 13-daqiqada raqib futbolchisi Abbos Rafi hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib esa Mo‘tabar Shamisi oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.

Mazkur gollarga esa Ahrorbek Ravshanbekov 75', 88', Suxrob Sadirjonov 81', Husanboy Atabekov 90+2' javob qaytarishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘z guruhining peshqadami sifatida finalga yo‘l oldi. Finalda ular Tojikistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q