Charlz Oliveyra: “Kakaning qarshisida yutqazishga haqqim yo‘q edi”
“Milan”, “Real Madrid” va Braziliya terma jamoasi afsonasi Kaka Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan "UFC Fight Night 261" turniriga tashrif buyurib, jang oldidan UFC jangchisi Charlz Oliveyra bilan uchrashdi.
“Kakaning bu erda ekaniga ishonolmayman! Hozir diqqatni yo‘qotmasligim kerak. Uning qarshisida yutqazishga haqqim yo‘q, deb takror-takror aytdim”, — deya MMA ustasi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi "ESPN" ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, o‘sha kechada Oliveyra asosiy jangda polshalik Mateush Gamrotni ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.
Fikrlar