“Charm to‘p-2019”. Navoiyda viloyat bosqichi ishtirokchilari aniqlandi

  • 14 avgust, 2019, 17:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Navoiy viloyatida ham tuman bosqichlari o‘z nihoyasiga etdi. Qiziltepa tuman bosqichida tumandagi 48 ta mahalla yoshlari jamoalaridan saralab olingan eng kuchli 6 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Murosasiz kechgan bahslarda “Azizobod” MFY jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni “Oqmachit” MFY jamoasi egallagan bo‘lsa, faxrli 3-o‘rin “Hasancha” MFY jamoasiga nasib etdi.

Tecno

“Qizilqum” professional futbol klubiga qarashli bolalar o‘smirlar futbol maktabi maydonida o‘tkazilgan Karmana tuman bosqichi ham qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi. Musobaqaning final bahsida “Yangiobod” MFYning “Ibn-Sino” jamoasi hamda “Jaloir” MFY jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. “Yangiobod” MFYning “Ibn-Sino” jamoasi raqibidan 1:0 hisobida ustun keldi. Endi “Charm to‘p” musobaqasining viloyat bosqichida “Yangiobod” MFYning “Ibn-Sino” jamoasi Karmana tumani sharafini himoya qiladi.

Xatirchi tuman bosqichida 8 ta jamoadan 130 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi. Musobaqa yakunida 1-o‘rinni “Tasmachi” MFY jamoasi yoshlari qo‘lga kiritishdi. 2-o‘rin “Paraxun” MFY jamoasiga nasib etdi. 3-o‘rinni “Yangi” MFY jamoasi yigitlari egallashdi.

Charm to‘p navoiy 4

Navoiy shahar bosqichi 2-BO‘SMning futbol maydonida o‘tkazildi. Ushbu musobaqada 8 ta MFYdan 150 nafarga yaqin ishtirokchi ishtirok etdi. Shiddatli o‘yin so‘ngida 1-o‘rinni “Hayot” MFY jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni haqli ravishda “Ishonch” MFY jamoasi egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin “Turon” MFY jamoasiga nasib etdi.

Zarafshon shahar bosqichi ushbu hududdagi 2-maktab futbol maydonida o‘tkazildi. Musobaqada 13 ta MFY dan 180 nafarga yaqin ishtirokchi ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni “Alisher Navoiy” MFY jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin “Quruvchi” MFY jamoasiga nasib etdi. Faxrli uchtalikni “Yangi Zarafshon” MFY jamoasi yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!