Chavandozlarimiz oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

  • 10.11.2025 23:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Ot sporti

BAAning Dubay shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CIS2* tasnifidagi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. 

140 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash  dasturida Abdurahmon Abdullaev “Otto van de Achterhoek” laqabli otida eng yuqori natijani qayd etdi. Terma jamoamiz etakchilaridan Bekzod Qurbonov esa “Matts V.G.” bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!