
Cheferin Saudiya Arabistonining transfer siyosati haqida: "Xitoy ham shunday xatoni qilgandi"
Saudiya Arabistoni klublari ushbu yozda katta transferlarni amalga oshirmoqda. Avvalroq, Ronaldu va Benzema kabi yulduzlar ushbu chempionatda to‘p surishga rozilik bildirgan bo‘lsa, endi Kante, Lukaku, Ziesh, Mendi, lar ham Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi kutilmoqda. Mamlakatning transfer siyosatiga prezidenti Aleksander Cheferin reaktsiya bildirdi.
"Bu transferlar Saudiya futboli uchun foyda keltirmaydi. Ular pullarni akademiyalarga sarflashi, yangi murabbiylar olib kelishi va futbolchilar kashf qilishi kerak. Faoliyatini tugatayotgan futbolchilar bilan futbolni rivojlantirib bo‘lmaydi. Xitoy ham shunday xato qilgandi", - dedi sloveniyalik mutaxassis.
Marca nashri xabar berishicha, yaqin yillar ichida Saudiya Arabistoni klublari yosh yulduzlarni ham olib kelishga harakat qiladi.
Fikrlar