
“Chelsi” 100 million evrolik xaridni amalga oshirishi mumkin
Londonning “Chelsi” klubi Angliya Premer ligasining yangi mavsumi boshlanishi oldidan o‘z muxlislarini katta transferi bilan xursand qilishi mumkin. Jurnalist Saymon Fillipsning xabariga ko‘ra, “ko‘klar” “Lester” himoyachisi Uesli Fofana uchun 90-100 million evro sarflashga tayyor.
Yangi mavsum oldidan London klubini bir qancha himoyachilar, xususan, Andreas Kristensen va Antonio Ryudiger kabi etakchilar tark etdi. Shu bois, “aristokratlar” tarkibdagi kamchilikni yo‘qotish uchun yangi xaridlarni amalga oshirishga mo‘ljallamoqda. Uesli esa bu pozitsiya uchun mos keladi.
“Chelsi” Fofananing transferidan tashqari, “Inter”dan Denzel Dyumfrisning transferi ustida ham ishlamoqda. Gollandiyalik futbolchi 40 million evroga baholangan.
Fikrlar