"Chelsi" 115 millionlik yulduzni xarid qilmoqchi

  • 6 mart, 21:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

So‘nggi yillarda "Chelsi" tarkibini kuchaytirish uchun katta mablag‘ sarfladi. London klubi bu bilan cheklanmoqchi emas.

TodoFichajes portalining xabariga ko‘ra, "ko‘klar" yozgi transfer oynasida asosiy maqsad sifatida "Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraeshni belgilagan. Braziliyalik futbolchi juda qimmat – uning shartnomasida 115 million evrolik tovon puli belgilangan.

Manbaga ko‘ra, "Nyukasl" Gimaraesh bo‘yicha katta takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Shu bilan birga, 27 yoshli yarim himoyachiga "Liverpul" va "Barselona"  qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!