“Chelsi” 120 million evrolik futbolchini kutmoqda

  • 25 sentabr, 2021, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” asosiy himoyachisi Antonio Ryudigerni qo‘ldan chiqarishi mumkin. “Aristokratlar” germaniyalik futbolchiga yiliga 8,5 million evro maosh ko‘rsatilgan shartnoma berdi. Biroq, Ryudiger hali uni qabul qilgani yo‘q.

Tomas Tuxel qo‘l ostida jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylangan Antonio o‘ziga qiziqish bildirayotgan jamoalar bilan qishda muzokara o‘tkazganidan keyin bir qarorga kelmoqchi.

“Chelsi” mutasaddilari uning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda va o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi ham topdi. Unga ko‘ra, londonliklar “Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligtni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Roman Abramovich niderlandiyalik futbolchi uchun 120 million evro berishga tayyor.

“Yuventus” Matteys de Ligtni 2019 yili “Ayaks”dan 86 million evroga sotib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugoff Dlyabiznesa
25/09/2021 11:38
Бугун Яхшибоев билан Шахбоз Умаровни клуби уйнайди анонслари Uzbekistan Legioners телеграм каналида бор силкалариям жойланган кимга кизу болса..