“Chelsi” arzimagan pulga superto‘purar oladi

  • 20 yanvar, 2023, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati “Borussiya Myonxengladbax” jamoasi hujumchisi Markus Tyuramni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi Bundesliga vakili bilan mavsum oxirda yakunlanadigan shartnomani uzaytirishni istamadi.

“Borussiya” xo‘jayinlari hujumchi bir necha oydan keyin erkin agent sifatida tekinga qo‘ldan chiqib ketmasligi uchun uni yanvar oyida sotib yubormoqchi.

“Chelsi” bu hujumchini 9 million funt evaziga o‘z safiga qo‘shib olish imkoniga ega. 25 yoshli hujumchi joriy mavsumda 15 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini o‘n marotaba ishg‘ol qildi va uchta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!