
"Chelsi" Asamoa uchun kurashga qo‘shildi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Kvadvo Asamoa "Chelsi"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” yozda turinliklar ilan shartnomasi yakuniga etadigan va erkin agentga aylanadigan 29 yoshli ganalik futbolchini tekinga o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Ta’kidlash lozimki, “keksa sinora” Asamoa bilan 2021 yilga qadar shartnomani uzaytirishga qarshi emas, biroq tajribali himoyachiga "Chelsi"dan tashqari shuningdek "Inter", "Napoli" va "Galatasaroy" kabi jamoalar ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Fikrlar